Всего песен:46795
Добавлено сегодня: 0

Farrux Xamrayev - Allohdan Qo'rqsak Edi

Длительность
2:42
Битрейт
128 kbps
Размер
2.47 mb
Дата
13-04-2020, 09:30
Прослушано
569
Отзывов
0
Текст песни Farrux Xamrayev - Allohdan Qo'rqsak Edi

Qarang, bugun hammaning yuzlarida bor niqob,
Bahorda yog`di qorlar, yuz o`girdi ham oftob.

Ko`zlarimizni ochib, tavbalar qilsak edi,
Vabodan qo`rqqanchalik Allohdan qo`rqsak edi. (x2)

Oqibatni unutgan insonlarga so`zim bor,
Diydoringni sog`ingan uyda ota-onang bor.

Balo keldi demanglar, bu ham bir hikmat edi,
Vabodan qo`rqqanchalik Allohdan qo`rqsak edi. (x2)

Masjidlarga borolmay qoldi hatto odamlar,
Birga safda turolmay qoldi hatto odamlar.

Alloh qahri keldimi, “Juma”ga chiqsak edik,
Vabodan qo`rqqanchalik Allohdan qo`rqsak edik. (x2)

Yerga urib ayolni, yechtirdilar hijobni,
Yerga otib ro`molni, kuydirdilar hijobni.

Dunyo o`randi baribir, bu Alloh amri edi,
Vabodan qo`rqqanchalik Allohdan qo`rqsak edi. (x3)

Смотреть полностью
Слушать онлайн
Слушать онлайн
31
Оставить отзыв:
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Сейчас играет