Всего песен:45287
Добавлено сегодня: 0

Ulug'bek Rahmatullayev & Nilufar Usmonova - Folbin

Длительность
3:33
Битрейт
160 kbps
Размер
4.09 mb
Дата
03-02-2020, 22:55
Прослушано
8 613
Отзывов
0
Текст песни Ulug'bek Rahmatullayev & Nilufar Usmonova - Folbin
[Nilufar Usmonova]
Ona yer, sen bizni kechirasanmi?
Ustingdan turfa xil fitnalar qildik.
Gohida nafs uchun, goh boylik uchun,
Shaytonni mot qilar hiylalar qildik. (x2)
[Ulug’bek Rahmatullayev]
To`xtamay yugurdik nafsimiz uchun,
Baxtsizlar yaraldi baxtimiz uchun.
Ustimizga ilib kibr libosin,
Ko`z-ko`z qilmoq uchun jilvalar qildik. {x2}
[Ulug’bek Rahmatullayev va Nilufar Usmonova]
Folbinlarning yolg`on foliga uchib,
Tap tortmay harom yeb va harom ichib.
Vijdondan, iymondan, insofdan kechib,
Sariq chaqamizni tillalar qildik. (x2)
[Ulug’bek Rahmatullayev]
Odam bo`lib, odam sotganlarni ko`r,
Yolg`on botqog`iga botganlarni ko`r.
Kundan kunga yaqin kelsa hamki go`r,
Har kun o`yin-kulgu, yallalar qildik. (x2)
[Nilufar Usmonova]
Bag`ringga boramiz bir kun xor bo`lib,
Yotamiz duoga muhtoj, zor bo`lib.
Yig`laylik yolvorib, tavbalar qilib,
Tavbasi yo`qlarning holini ko`rdik. (x2)
[Ulug’bek Rahmatullayev va Nilufar Usmonova]
Folbinlarning yolg`on foliga uchib,
Tap tortmay harom yeb va harom ichib.
Vijdondan, iymondan, insofdan kechib,
Sariq chaqamizni tillalar qildik. (x2)
Смотреть полностью
Слушать онлайн
Слушать онлайн
290
Оставить отзыв:
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Сейчас играет