Всего песен:41563
Добавлено сегодня: 18

Yagzon Guruhi - Yana U

Длительность
3:42
Битрейт
235 kbps
Размер
6.35 mb
Дата
30-11--0001, 00:00
Прослушано
540
Отзывов
0
Текст песни Yagzon Guruhi - Yana U

Bugun ko`chada yana ko`rdim uni,

Bilinib turibdi - unutibdi meni.

Bermadi e'tibor, qaramadi hatto,

Kulib turardim-u, yurak bo`ldi ado.

Eslatib yubordi, unutayotgandim,

O`zi zo`rg`a axir ko`nikayotgandim.

Qiynalib-qiynalib yurgandimku o`zi,

Nega yana menga tushdi uning ko`zi?

Yana u, shundoqqina yonimda turibdiku,

Yana u, unutdim deb o`ylagandim, unutolmabmanku. (x2)

Bilasanmi, qanchalar og`ir sani ko`rib qolish?

Ko`chalarda yana hammasini esga olish.

Boshidan axir u paytlari juda yosh edim,

Va yurakdan telbalarcha seni sevgandim.

Shuncha orzular uchib ketdi bir pasda,

Go`yo begonalar bo`lib ketdik asta-asta.

Qachonlardir axir sevardik telbalarday,

Unutibsan barini, qo`ygandirsan eslamay.

Senga oson, menga qiyin,

Ado bo`lmoqdaman borgan sayin.

Unutdim deb aldayabman,

Aslida unutolmayabman.

Senga qarab kulayapman,

O`zimdan o`tganin bilayapman.

Nega hamon sevayabman?

Shuncha azob bilan yashayabman.

Kulib qo`yaman xuddi baxtlilarday,

Qara, yashayabman o`z-o`zimni alday.

Yuragimni boshqara olmayapman,

Ayt, axir qanday, qanday seni sevmay?

Yana sani ko`chalarda ko`rib qolganimda,

Qani, sog`inganim senga ayta olganimda.

Ammo o`tib ketasan, go`yo meni ko`rmaganday,

Xuddi hech qachon meni sevmaganday.

Yana u, shundoqqina yonimda turibdiku,

Yana u, unutdim deb o`ylagandim, unutolmabmanku. (x2)

Смотреть полностью
Слушать онлайн
Слушать онлайн
86
Оставить отзыв:
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Сейчас играет